Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Quyoshda kuchli chaqnash: Yerga ta’sir ehtimoli bor

Dunyo
48
Quyoshda kuchli chaqnash: Yerga ta’sir ehtimoli bor
1-dekabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti Quyoshda X sinfiga mansub kuchli chaqnash ro‘y berganini qayd etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, X1.9 darajasidagi chaqnash Toshkent vaqti bilan soat 7:49 da sodir bo‘lgan. Ushbu chaqnash Quyoshning 4274-raqamli faol hududida kuzatilgan bo‘lib, bu hudud ikki oydan beri Quyosh faolligining eng yuqori darajalarini namoyon qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu mintaqa noyabr oyining boshida beshta X sinfga mansub portlash manbai bo‘lgan, ularning ikkisi yilning eng kuchli portlashlari sifatida qayd etilgan edi. Quyosh o‘z aylanishini davom ettirar ekan, ushbu mintaqa Yerga yaqinlashib, yuqori faollikni saqlab qolgan.

Shuningdek, Quyoshning janubiy yarimsharida joylashgan 4294-raqamli yana bir faol zona ham kuzatilmoqda. Olimlarning fikricha, bu holat dekabr oyini Quyosh faolligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega davrlardan biriga aylantirishi mumkin.

Hozirgi paytda Quyoshdan chiqayotgan plazma oqimlari Yerga sezilarli ta’sir ko‘rsatmayotgani ma’lum. Ammo mutaxassislar 4-dekabrga qadar bu chaqnashlarning Yer magnitosferasiga ta’sir ehtimolini istisno qilmayapti.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59