ENRU

Hindiston barcha smartfonlarga kuzatuv ilovasi o‘rnatadi

Dunyo
25
Hindiston barcha smartfonlarga kuzatuv ilovasi o‘rnatadi
Hindiston hukumati Sanchar Saathi nomli yangi monitoring ilovasini mamlakatdagi barcha smartfonlarga o‘rnatishni talab qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror 1-dekabr kuni Hindiston Matbuot axboroti byurosi tomonidan e’lon qilindi. Hukumating fikriga ko‘ra, mazkur ilova kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi kurashish hamda fuqarolarni davlat faoliyati haqida xabardor qilish maqsadida joriy etilmoqda.

Sanchar Saathi ilovasi yordamida o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan telefonlarni aniqlash va bloklash mumkin. Shuningdek, ilova orqali hozirgacha 700 mingdan ortiq yo‘qolgan telefonlardagi ma’lumotlar tiklangan.

Hukumat qaroriga asosan, Apple, Samsung, Xiaomi kabi yirik smartfon ishlab chiqaruvchilar 90 kun ichida ushbu ilovani yangi va foydalanilayotgan barcha qurilmalarga o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Biroq, bu talab turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Muxolifat va huquq himoyachilari bu tashabbusni keskin tanqid qilib, uni konstitutsiyaga zid deb baholashmoqda. Ularning fikricha, hukumat ushbu ilova orqali fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Apple kompaniyasi bu talabni bajarishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Reuters agentligining xabariga ko‘ra, kompaniya Nyu-Dehli hukumatiga o‘z xavotirlarini yetkazishni mo‘ljallamoqda.

Ushbu tashabbus Hindistondagi texnologik rivojlanish va davlat siyosatining yangi bosqichini boshlab berishi kutilmoqda. Ammo bu qaror shaxsiy hayot daxlsizligiga oid muammolarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12