Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Putin Hindistonda: Neft, mudofaa va savdo aloqalari muhokamada

Dunyo
36
Putin Hindistonda: Neft, mudofaa va savdo aloqalari muhokamada
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hindistonga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan yetib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dehli shahrida uni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi samimiy kutib oldi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Hindiston Rossiya neftining eng yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi. Avvalgi yillarda Hindistonning neft importidagi Rossiya ulushi 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 35 foizga yetgan.

Bu o‘zgarish Moskvaning cheklangan eksport imkoniyatlaridan foydalangan holda neft narxlari bo‘yicha imtiyozlar olish bilan bog‘liq. Shuningdek, mudofaa sohasida hamkorlik davom etmoqda.

Hindiston harbiy havo kuchlari ko‘p jihatdan Rossiya texnikasiga, xususan, Suxoi-30 qiruvchi samolyotlari va S-400 havo mudofaa tizimlariga tayanadi. Kelgusida Hindiston S-500 tizimlari va Su-57 beshinchi avlod qiruvchilarini xarid qilishni rejalashtirayotgani ma’lum.

Narendra Modi Rossiya bilan savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada diversifikatsiya qilishni maqsad qilgan. Neft va mudofaa sohalaridan tashqari, boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirish Hindistonning strategik mustaqilligini ta’minlash hamda G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026