Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Alina Yekaterinecheva – “Miss Qozog‘iston-2025” g‘olibi!

Dunyo
77
Alina Yekaterinecheva – “Miss Qozog‘iston-2025” g‘olibi!
Qozog‘istonning Olmaota shahrida mamlakatdagi eng kutilgan tadbirlardan biri — “Miss Qozog‘iston-2025” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda butun mamlakat bo‘ylab saralangan 20 nafar go‘zal raqobatlashdi. Tantanali kecha shaharning nufuzli restoranlaridan birida tashkil etilib, podium namoyishlari, turli uslubdagi chiqishlar hamda ijodiy sahnalar bilan boyitildi.

Joriy yilgi tanlovda 22 yoshli chimkentlik Alina Yekaterinecheva g‘olib deb topildi. U final bosqichida o‘zining sahna madaniyati, ishonchli chiqishlari va tabiiy jozibasi bilan ajralib turdi.

Tanlov g‘olibi sifatida Alina endi Qozog‘istonni “Koinot go‘zali-2026” musobaqasida namoyish etadi. Alina ijodkor oilada tarbiya topgan.

U uch yoshidan boshlab raqsga qiziqib, ko‘plab sahnalarda chiqishlar qilgan. 14 yoshida esa modellik faoliyatini boshlagan va Guess hamda Constella kabi mashhur brendlar bilan hamkorlik qilgan.

Shuningdek, u huquqshunoslik yo‘nalishida oliy ta’lim olgan. Tanlovda boshqa ishtirokchilar ham turli mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

Shodiyora Baykenova “Dunyo go‘zali Qozog‘iston-2025” unvonini qo‘lga kiritib, 2027 yilgi xalqaro finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Anel Yemel “Miss Grand International Qazaqstan-2025” unvoniga loyiq ko‘rilib, 2026 yilgi jahon finaliga yo‘llanma oldi.

“Vitse-Miss Qozog‘iston-2025” unvoni Dilnoz Sarsenbayga berildi, “2-vitse-Miss” esa Kamila Dauletova bo‘ldi. Xalq tanlovi g‘olibi sifatida Alina Nurahmedova e’lon qilindi.

Go‘zallik tanlovi Qozog‘istonda doimo katta qiziqish uyg‘otib keladi. Bu yilgi final ham tomoshabinlar uchun hayajon va his-tuyg‘ularga boy bo‘ldi.

Shu bilan birga, yangi yulduzlar sahnaga chiqdi va o‘z iste’dodlarini namoyish etdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12