Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Kongoda vabo kuchaymoqda: bolalar orasida xavf yuqori

Dunyo
42
Kongoda vabo kuchaymoqda: bolalar orasida xavf yuqori
Kongo Demokratik Respublikasida vabo epidemiyasi kuchayib, jiddiy muammoga aylangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning so‘nggi 9 oyi davomida mamlakatda 64 mingdan ortiq vabo holati qayd etilgan, 1888 nafar bemor vafot etgan. Eng tashvishlisi, kasallikka chalinganlarning katta qismini bolalar tashkil etadi.

14 mingdan ortiq bola vaboga duchor bo‘lgan va ulardan 340 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Epidemiya mamlakatning 26 provinsiyasidan 17 tasiga tarqalgan.

Poytaxt Kinshasa eng yirik o‘choqlardan biri sifatida qayd etilmoqda. Mutaxassislar vaziyatning yanada og‘irlashishini oldini olish uchun davlat darajasidagi favqulodda choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Mutasaddilar fikricha, vaboning oldini olish mumkin, buning uchun ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya tizimi va tibbiy xizmat sifati xavfli hududlarda yaxshilanishi lozim. Kasallik asosan vabo vibrioni bilan zararlangan suv yoki oziq-ovqat orqali yuqadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 1,4 million kishi toza suv va sanitariya sharoitlarining yetishmasligi sababli hayotdan ayriladi. Shu bois, ayniqsa bolalar yashaydigan hududlarda profilaktika choralarini kuchaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12