ENRU

Ishga erta kelgan ayol ishdan bo‘shatildi

Dunyo
47
Ishga erta kelgan ayol ishdan bo‘shatildi
Ispaniyada yetkazib berish xizmatida ishlaydigan bir ayol ishga belgilangan vaqtdan ancha oldin kelgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat ish beruvchilar tomonidan mehnat intizomini buzish sifatida baholangan. Ushbu voqea haqida Oddity Central nashri xabar berdi.

Ayolning ish kuni shartnomaga ko‘ra ertalab soat 07:30 da boshlanishi lozim edi. Biroq, u doimiy ravishda soat 06:45 va 07:00 oralig‘ida ish joyiga kelib, smenani hamkasblaridan oldin boshlagan.

Rahbariyat bunday odatni ish jarayonini buzuvchi holat sifatida baholagan va bu jamoada nizolarga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etgan. Shu sababli xodimga bir necha bor ogohlantirish berilgan.

Birinchi tanbeh 2023 yilda berilgan, ammo ayol ushbu ogohlantirishlarga e’tibor bermay, ishga erta kelishda davom etgan. Natijada, rahbariyat xodimni "jiddiy aybi" uchun ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

Ularning fikricha, belgilangan tartibni buzish ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va kompaniyaning samaradorligini pasaytirgan. Ayol bu qarorga rozi bo‘lmay, ishdan bo‘shatilishiga e’tiroz bildirib, Alikante ijtimoiy sudiga murojaat qilgan.

Sud esa ish beruvchining qarorini qo‘llab-quvvatladi. Sudning rasmiy bayonotida xodimning harakatlari kompaniya va xodim o‘rtasidagi ishonch munosabatlariga putur yetkazgani ta’kidlangan.

Shuningdek, ogohlantirishlarga qaramay, tartibga rioya qilinmagani sud tomonidan jiddiy qonunbuzarlik sifatida baholangan. Shu bois sud ishdan bo‘shatish qarorini qonuniy deb topdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026