Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Amerikalik yigit Xitoy imperatorining qarindoshiga uylangan

Dunyo
48
Amerikalik yigit Xitoy imperatorining qarindoshiga uylangan
Amerikalik yigit boshidan kechirgan noodatiy voqeani Reddit platformasida bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, yigit Xitoyning so‘nggi imperatori Pu I bilan qarindoshlik rishtalariga ega bo‘lgan oilaga tasodifan "qadam qo‘ygan". Barchasi uning Amerikada tibbiyot universitetida ta’lim olayotgan xitoylik talaba qizga uylanishi bilan boshlanadi.

To‘yga bir necha kun qolganda, kelinning ona tomonidagi buvisi so‘nggi imperator Pu I ning tug‘ishgan singlisi bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, unashtiruvgacha qizning oilaviy tarixi haqida hech narsa bilmagan.

Ular 2000-yillardan beri tanish bo‘lib, qiz aksentsiz gapirar va oilasi haqida oddiy gapirardi. Qizning aytishicha, onasi professor, otasi esa Shanxayda yirik korporatsiya rahbari bo‘lgan.

Ammo oilaning chuqur tarixi haqida u hech qachon ochiq gapirmagan. Biroq bu shohona naslga mansublik qizga hech qanday moddiy imtiyoz olib kelmagan.

Aksincha, 1970-yillarda uning otasi qashshoqlikda yashagan. Kelinning oilasi tarixiy meros sifatida bir nechta ashyolarni asrab qolgan: nasl-nasabni tasdiqlovchi hujjatlar, kontrabanda yo‘li bilan saqlangan nefrit tumor, XXR hukumatining reabilitatsiya hujjati, oilaviy xattotlik cho‘tkalari va saroy uslubidagi oshpazlik kitobi.

Qizning aytishicha, u o‘z nasli haqida ko‘z-ko‘z qilish taqiqlangan muhitda o‘sgan. Hozirda juftlik Nyu-York shahrida yashab, uch farzandni tarbiyalamoqda.

Amerikalik kuyov bu holatni "hayotdagi eng kutilmagan burilishlardan biri" deb ataydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12