Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSH strategiyasi: Yevropadan Xitoyga e’tibor qaratilmoqda

Dunyo
30
AQSH strategiyasi: Yevropadan Xitoyga e’tibor qaratilmoqda
Yaqinda AQSH prezidenti Donald Tramp yangi tahrirdagi Milliy xavfsizlik strategiyasini imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu hujjat AQSH ijro hokimiyati tomonidan har 3-4 yilda bir marta ishlab chiqilib, prezident tomonidan tasdiqlanadi va Kongressga taqdim etiladi. Unda AQSHning tashqi siyosati, xavfsizlik va barqarorlik masalalaridagi asosiy yondashuvlari belgilab beriladi.

Mazkur strategiya avvalgi yondashuvlardan jiddiy farq qiladi. Ayniqsa, NATO va Yevropa Ittifoqiga bo‘lgan munosabatlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Bu o‘zgarishlar Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlarda norozilik uyg‘otdi. Hujjatda Rossiya endilikda “dushman” yoki “raqib” sifatida ko‘rsatilmagan, balki Rossiya–Ukraina urushini tezroq yakunlash va Moskva bilan aloqalarni tiklash taklif qilingan.

NATOning kengayishi va yangi a’zolar qo‘shilishiga esa tanqidiy munosabat bildirilgan. AQSH strategiyasi Yevropa davlatlarini o‘z xavfsizlik va barqarorlik mas’uliyatini mustaqil ravishda o‘z zimmalariga olishga undamoqda.

Shu sababli, AQSH o‘z diqqatini boshqa mintaqaga qaratmoqchi. Gap Hind-Tinch okeani mintaqasi haqida ketmoqda.

AQSHning asosiy maqsadi Xitoy Xalq Respublikasini tiyib turishdir. NATOdan chiqish rejalashtirilmayotgan bo‘lsa-da, alyansdagi ishtirokini kamaytirish va resurslarini Xitoy tahdidiga qarshi yo‘naltirish niyatida.

Keyingi ikki o‘n yillikda AQSH siyosati tobora Xitoyga qaratilgan. 1990-yillarda Xitoy boyib, liberal davlatga aylanadi va AQSHga qulay hamkor bo‘ladi degan fikr ustuvor edi.

Biroq bugungi kunda Xitoy asosiy raqib sifatida ko‘rilmoqda. Vashingtondagi siyosiy doiralar va prezidentlar uchun bu yondashuv norma bo‘lib qolgan.

Vashington 2027-yildan boshlab Yevropa va NATOga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan voz kechishni rejalashtirmoqda, ammo yadroviy himoya rolini saqlab qolishni davom ettiradi. Tramp ma’muriyati Rossiya bilan kelishishga, uni Xitoyga yordam bermaslikka undashga harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Rossiyani asosiy tahdid sifatida ko‘radi va AQSHning bu yondashuviga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Yevropa uchun Xitoy ochiq tahdid emas.

Yevropa va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalari AQSH bilan savdodan ham ortib bormoqda. Tramp esa AQSHning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, Yevropadan e’tiborini Xitoyga qaratmoqda va kelajakdagi AQSH-Xitoy ziddiyatlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu o‘zgarishlar Markaziy Osiyoga ham bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekiston dunyoning eng katta ziddiyatlari va kuch sinashuvlari kechayotgan Yevroosiyo markazida joylashgan.

Shu sababli, mintaqamiz va turkiy davlatlarning asosiy vazifasi – ichki birlikni saqlash, o‘z qudratini oshirish va yangi geosiyosiy sharoitlarga moslashishdan iboratdir. Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026