Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

IndiGo aviakompaniyasi jiddiy inqirozga duch keldi

Dunyo
37
IndiGo aviakompaniyasi jiddiy inqirozga duch keldi
Hindistonning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan IndiGo jiddiy operatsion inqirozga duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dekabr oyining boshida kompaniya minglab reyslarni bekor qildi yoki kechiktirdi. Bu holat aviatsiya sohasida uzilishlarga sabab bo‘lib, kompaniyaning obro‘si va moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

2–3 dekabr kunlari boshlangan bu inqiroz Hindiston fuqarolik aviatsiyasi tarixidagi eng yirik muammolardan biri sifatida qayd etildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, kompaniya dekabr oyining dastlabki kunlarida ichki yo‘nalishlarda 3 400 dan ortiq reysni bekor qilgan.

Faqat 5 dekabr kuni o‘zidayoq 1 000 dan ortiq reys amalga oshirilmagan. Natijada Hindistonning yirik aeroportlarida o‘n minglab yo‘lovchilar noqulayliklarga duch keldi.

Yo‘lovchilar aloqa va ma’lumot ololmay, terminal zonalarida uzoq navbatlarda kutishga majbur bo‘lishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu inqiroz asosiy sabab sifatida uchuvchilar va ekipajlar uchun yangi ish qoidalari joriy etilishidan kelib chiqqan.

Yangi tartibga ko‘ra, ekipaj a’zolari uchun majburiy dam olish vaqti oshirilgan va kechki smenalar soni kamaytirilgan. Bu holat kompaniyada reyslarni amalga oshirish uchun yetarli xodimlar bo‘lmasligiga olib keldi.

Ushbu uzilishlar Dehli, Mumbay, Bangalor, Haydarabod va Chennay kabi yirik aviatsiya markazlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Fuqarolik aviatsiyasini nazorat qiluvchi DGCA kompaniyani diqqat bilan kuzatishni boshladi.

Maxsus inspektorlar kompaniyaning shtab-kvartirasiga yuborilib, operatsiyalarni tiklash jarayoni kundalik monitoring qilindi. Shuningdek, DGCA xavfsizlik standartlari va kadrlar ta’minoti bo‘yicha nazoratni kuchaytirdi.

Hukumat kompaniyaga qishki jadvalni 10 foizga qisqartirishni buyurdi va qoidabuzarliklar uchun qat’iy choralar ko‘rilishini bildirgan. IndiGo bosh direktori Piter Elbers vaziyat bo‘yicha yo‘lovchilardan uzr so‘rab, kompaniya barqaror jadvalni qayta tiklash ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

U inqirozning yangi qoidalarga o‘tishdagi qiyinchiliklar sabab yuzaga kelganini ta’kidladi. Kompaniya yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun 10 000 rupiy miqdorida kompensatsiya vaucherlarini taqdim etishga qaror qilganini e’lon qildi.

11 dekabr kuniga kelib, kompaniya vaziyat asta-sekin normallashayotganini ma’lum qildi. 9 dekabrdan boshlab operatsion barqarorlik tiklanib, kuniga 1 950 dan ortiq reys amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning avgust oyida IndiGo Toshkentdan Mumbayga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026