ENRU

Yaponiyada 6,7 magnitudali zilzila va sunami xavfi qayd etildi

Dunyo
28
Yaponiyada 6,7 magnitudali zilzila va sunami xavfi qayd etildi
Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududida 12-dekabr kuni 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, zilzila Aomori prefekturasi sohilidan 20 kilometr chuqurlikda, mahalliy vaqt bilan soat 11:44 da qayd etilgan. Yaponiya meteorologiya agentligi 1 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar ko‘rinishida sunami xavfi haqida ogohlantirdi.

Bundan oldin, 8-dekabr kuni ushbu hududda 7,5 magnitudali kuchliroq zilzila kuzatilgan edi. So‘nggi yer silkinishlari natijasida 34 nafar fuqaro yengil tan jarohati oldi, ba’zi yo‘llar va binolarga zarar yetdi.

Hukumat aholini hushyor bo‘lishga chaqirib, 2011-yildagi yirik zilzila va sunamiga o‘xshash holatlarga tayyor turishni tavsiya qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha falokatda taxminan 20 ming kishi halok bo‘lgan edi.

Rasmiylar kelgusi bir hafta ichida 8 magnitudali yoki undan ham kuchli zilzila yuz berishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlamoqda. Shu sababli, qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi aholiga xavfsizlik choralarini kuchaytirish tavsiya etildi.

2024-yil yozida Nankai jarligi hududida ham kuchli zilzila yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan. Bu ogohlantirish ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli video xabarlar tarqalgan, ammo hukumat aholiga vahimaga berilmaslikni maslahat bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026