Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Olmaotada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi

Dunyo
32
Olmaotada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi rasmiy axborotiga asoslanib, Polisia.kz xabar berdi. Aniqlanishicha, mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yosh onalarning og‘ir sharoitlaridan foydalanib, ularni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini sotishga undagan guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Ushbu jinoiy guruh a’zolari yosh ayollarni aldab, ularga moddiy yordam va’da qilib, farzandlaridan voz kechishga majbur qilgan. Hozirda guruh a’zolari qo‘lga olingan va ularga nisbatan 20 dan ortiq jinoyat ishi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, "STOP-trafik" profilaktik tadbirlari doirasida Ostona, Olmaota va Shimkent shaharlarida fohishabozlikni tashkil etgan boshqa jinoiy guruhlar ham aniqlangan. Ushbu shaxslar tungi klublar va barlarda yosh qizlarni ishga jalb qilib, noqonuniy faoliyat yuritgan.

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Shimkent, Aqtobe, Jambul, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘andi va Qostanay viloyatlarida jinoyatchilikka qarshi kurash davom etmoqda. Tadbirlarda yoshlarni jinoyatlardan himoya qilish va jamiyatda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12