Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Olmaota vokzalida 52 kishi gazdan zaharlandi

Dunyo
34
Olmaota vokzalida 52 kishi gazdan zaharlandi
Qozog‘istonda Olmaota-2 vokzalida joylashgan poyezdda 52 kishi noma’lum gazdan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Voqea yuzasidan yordam ko‘rsatish uchun 13 ta tez tibbiy yordam guruhi safarbar qilindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tabiiy gazdan zaharlanish oqibatida yuzaga kelgani taxmin qilingan.

Biroq, Qozog‘iston temir yo‘llari operatori bu ma’lumotni rad etib, zaharlanishning sababi uglerod oksidi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Qozog‘iston temir yo‘llari hodisaga aloqasi yo‘qligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, poyezd xususiy kompaniyaga tegishli bo‘lib, vagonlar kinostudiya tomonidan suratga olish ishlari uchun ijaraga olingan. Hodisa natijasida 10 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda va hodisaning aniq sabablari o‘rganilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12