Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Ukraina kuchlari Kupyanskda Rossiya qo‘shinlarini qurshovga oldi

Dunyo
69
Ukraina kuchlari Kupyanskda Rossiya qo‘shinlarini qurshovga oldi
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 12-dekabr kuni Xarkiv viloyatidagi Kupyansk shahri yaqinida joylashgan stela yonida turib, videomurojaat e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U mazkur hududda muvaffaqiyatli harbiy harakatlarni amalga oshirgan harbiylarni tabriklash uchun shaxsan kelganini ma’lum qildi. Prezident o‘z murojaatida shunday dedi: “Bugun Kupyansk yo‘nalishida Ukraina uchun muhim natijaga erishayotgan harbiylarimiz faoliyatini kuzatdingiz.

Rossiya bu hudud haqida ko‘p gapirdi, biz esa natijani ko‘rsatmoqdamiz. Harbiylarimizni qutladim va ularga minnatdorlik bildirdim”.

Ukraina mudofaa kuchlari shu kuni Kupyansk atrofida muvaffaqiyatli qarshi hujumni amalga oshirib, shahardagi Rossiya qo‘shinlarini qurshovga olishga erishdi. Milliy gvardiyaning “Xartiya” qidiruv-zarba guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, ular bir necha yo‘nalishda harakat qilib, Rossiya kuchlarining logistikasini uzib tashlagan.

“Xartiya” 2-korpusi qo‘mondoni Igor Obolenskiy vaziyatga izoh berib, Rossiya qo‘shinlari shaharda to‘liq qurshovda ekanini va ular bu holatni endi anglayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Kondrashovka qishlog‘i va uning atrofidagi hududlar, Radkovka qishlog‘i va Kupyansk shimolidagi ayrim hududlar to‘liq ozod qilingan.

Qo‘mondonlikning ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlari zaxiralarini safarbar etib, mudofaani yorib o‘tishga harakat qilmoqda, ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Janglarda Suriya va Afrika mamlakatlaridan kelgan xorijlik jangarilar ham ishtirok etayotgani qayd etilgan.

“Xartiya” bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar davomida Rossiya qo‘shinlariga katta talafot yetkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1027 nafar rossiyalik harbiy yo‘q qilingan, 291 nafar harbiy yaralangan, 13 nafari esa asirga olingan.

Kupyansk shahrining markazida janglar davom etayotgan bo‘lsa-da, shahar to‘liq ozod qilinishi kutilmoqda. DeepState OSINT loyihasi xaritasida ham Kupyanskning shimoli-g‘arbiy qismi Rossiya harbiylaridan tozalangani tasdiqlangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12