Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Turkiya: Suriya janubidagi keskinlik xavotir uyg‘otmoqda

Dunyo
23
Turkiya: Suriya janubidagi keskinlik xavotir uyg‘otmoqda
Turkiya rasmiylari Suriya janubidagi vaziyatning tobora keskinlashib borayotganidan jiddiy tashvishda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan o‘z bayonotida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi beqarorlik nafaqat Suriya, balki butun hudud xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Suriya janubidagi vaziyatni barqarorlashtirish biz uchun katta ahamiyatga ega. Hozirgi asosiy xavotirimiz — Isroilning ushbu hududga aralashuvi kengayishi ehtimoli,” — dedi Fidan.

Shuningdek, vazir mintaqadagi hududlar ustidan samarali nazorat o‘rnatish muhimligini ta’kidladi. U bu masala Suriya bilan bir qatorda Iroq va Iordaniya xavfsizligi uchun ham dolzarb ekanini qayd etdi.

“Biz muloqot, tinchlik va kelishuv orqali mintaqaviy barqarorlikka erishishni qo‘llab-quvvatlaymiz,” — deya qo‘shimcha qildi u. Fidan, shuningdek, Suriyadagi PYD/YPG qurolli guruhlarining Isroildan yordam olayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Unga ko‘ra, bu holat uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. “Agar kimdir mafkuraviy kurashni davom ettirishni istasa, siyosiy yo‘lni tanlashi kerak.

Qurol bilan harakat qilganlar esa tegishli javob olishadi,” — dedi vazir. Turkiya rasmiylari mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda va barqarorlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12