Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Saudiya shahzodasi “Barselona”ni sotib olmoqchi

Dunyo
34
Saudiya shahzodasi “Barselona”ni sotib olmoqchi
Yevropa futbolida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangilik tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ispaniyaning mashhur “Barselona” futbol klubini sotib olish niyatida ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fransua Gallardoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga asoslanib, Oxu.Az nashri xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, valiahd shahzoda “Barselona” klubi uchun 10 milliard yevro miqdorida ulkan taklif kiritishni rejalashtirgan. Biroq, klub rahbariyati bu masalada salbiy munosabat bildirishi va kelishuvni rad etishi mumkinligi aytilmoqda.

Klub o‘z mustaqilligini saqlab qolish tarafdori ekani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, Goal nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi klubni to‘liq sotib olishni emas, balki uning ayrim tijorat bo‘linmalariga sarmoya kiritish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, “Barselona”ning umumiy qarzdorligi hozirda 2,5 milliard yevroga yaqinlashgan. Shu sababli klub atrofidagi har qanday yirik moliyaviy taklif futbol olamida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026