Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Dunyo shaharlarining iqlim xususiyatlari tahlil qilindi

Dunyo
48
Dunyo shaharlarining iqlim xususiyatlari tahlil qilindi
Dunyo bo‘ylab yirik shaharlar turli iqlim sharoitlarida rivojlanib, hayot kechirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayrim shaharlarda yil davomida issiq va nam havo hukmron bo‘lsa, boshqalarida quruq yoki sovuq iqlim ustunlik qiladi. Yaqinda tayyorlangan infografika ushbu farqlarni aniq ko‘rsatib, yirik shaharlarni harorat va yog‘ingarchilik miqdoriga qarab to‘rtta asosiy iqlim guruhiga ajratgan.

Mazkur infografikada dunyoning 74 ta yirik shahri tahlil qilingan. Climate-Data.org ma’lumotlari asosida har bir shaharning o‘rtacha yillik harorati va yog‘ingarchilik miqdori hisoblab chiqilgan.

Natijada shaharlar o‘z iqlim xususiyatlariga ko‘ra tizimlashtirilgan. Diagramma to‘rtta asosiy guruhdan iborat: quruq va issiq, nam va issiq, quruq va sovuq, shuningdek nam va sovuq.

Vertikal o‘qda shaharning o‘rtacha yillik harorati, gorizontal o‘qda esa yillik yog‘ingarchilik hajmi aks ettirilgan. Bu orqali har bir shahar iqlimdagi o‘rnini aniq ko‘rish mumkin.

Tahlil natijalariga ko‘ra, eng kam shahar “nam va sovuq” guruhiga to‘g‘ri kelgan. Bu guruhda eng sovuq megapolis sifatida Islandiya poytaxti Reykyavik qayd etilgan.

U yerda harorat past, yog‘ingarchilik esa nisbatan yuqori bo‘ladi. “Quruq va sovuq” guruhida eng past o‘rtacha harorat Moskva shahrida kuzatilgan.

Yevropaning ko‘plab shaharlarida ham ushbu iqlim guruhi ustunlik qiladi. Bu hududlarda qish sovuq, yoz esa quruq bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Toshkent shahri esa infografikada “quruq va sovuq” kvadrantiga joylashgan. Diagrammada Toshkent nuqtasi “issiq–sovuq” chegarasi yaqinida, pastki chap qismda joylashgan.

Poytaxtimizning o‘rtacha yillik harorati 13–14 daraja atrofida bo‘lib, yillik yog‘ingarchilik miqdori 540 millimetrni tashkil qiladi. Bu Toshkent iqlimining quruq kontinental xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Yoz fasli issiq va kam yog‘inli bo‘lsa, qish salqin yoki sovuq kechadi. AQSH shaharlarining ko‘pchiligi diagrammaning quruq qismida joylashgan.

Ular sovuq va issiq kvadrantlarda tarqalgan. Quruq hududdagi eng issiq shahar sifatida Sudan poytaxti Xartum ko‘rsatilgan.

Bu shaharda yillik o‘rtacha harorat 30 darajaga yetadi. Ushbu infografika shaharlarning iqlim xususiyatlarini solishtirish, global iqlim farqlarini tushunish va kelajakda shahar muhitining shakllanishini o‘rganishda muhim manba sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026