ENRU

O‘zbekiston elchixonasi migrantlarni qonuniy ishlashga chaqirdi

Dunyo
42
O‘zbekiston elchixonasi migrantlarni qonuniy ishlashga chaqirdi
Vengriyadagi O‘zbekiston elchixonasining ma’lum qilishicha, Serbiya va Xorvatiyada ishlayotgan o‘zbek mehnat migrantlari tomonidan murojaatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Asosiy muammolar qatoriga ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi, ish uchun ruxsatnomalar olishdagi qiyinchiliklar kiradi. Ushbu holatlar ko‘pincha noqonuniy vositachilar orqali ishga joylashish bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.

Mazkur davlatlarda ayrim migrantlar avvaldan to‘langan xizmatlar uchun qo‘shimcha haq talab qilinishi, rad etilganda esa deportatsiya bilan tahdid qilinishi yoki kutilmaganda ishdan bo‘shatilishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli elchixona fuqarolarga xorijda ishlash uchun faqat litsenziyaga ega bandlik agentliklari orqali murojaat qilishni qat’iy tavsiya etadi.

Shuningdek, turistik yoki mehmon vizalari orqali ishga chiqmaslik kerakligini eslatadi. Qoidabuzarliklar Shengen hududiga kirish uchun besh yilgacha taqiq qo‘yilishi va deportatsiyaga olib kelishi mumkin.

Elchixona fuqarolarga mehnat shartnomalarini imzolashdan oldin ularni sinchiklab o‘rganishni maslahat beradi. Muammolar yuzaga kelganda esa darhol konsullik bo‘limiga murojaat qilish lozim.

Diplomatik vakolatxona faqat qonuniy mehnat faoliyati orqali o‘zbek fuqarolarining huquq va manfaatlarini xorijda himoya qilish mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026