ENRU

Zelenskiy: Rossiya aktivlari Ukrainaga yo‘naltirilishi shart

Dunyo
26
Zelenskiy: Rossiya aktivlari Ukrainaga yo‘naltirilishi shart
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arb davlatlarini Kremlga nisbatan yanada kuchliroq bosim o‘tkazishga chaqirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, Rossiya muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasida qat’iy qaror qabul qilinmas ekan, Vladimir Putin tinchlik muzokaralari stoliga o‘tirmaydi. Zelenskiy bu fikrni 18-dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida bildirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatilmasligi mamlakatning pozitsiyasini zaiflashtiradi. Ukraina rahbari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga yo‘naltirishni asosiy siyosiy qurol deb atadi.

Unga ko‘ra, Putin hozircha muloqotga tayyor emas, chunki Ukrainani harbiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirishga urinmoqda. Zelenskiy urushni diplomatik yo‘l bilan tugatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini qayd etib, mudofaa uchun moliyaviy yordam va qurol-yarog‘ hayotiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Sammitda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha bir nechta muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, aktivlarni Ukrainaga yo‘naltirishga oid murakkab kredit sxemasi, mablag‘larni urush tugagunga qadar qaytarishni taqiqlash va doimiy sanksiyalar tizimini joriy etish.

Yevropa davlatlari Rossiya aktivlarini muzlatish muddatini cheklanmagan vaqtga uzaytirishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, Zelenskiy 19–20-dekabr kunlari Floridada AQSH va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muhim muzokaralar o‘tkazilishini tasdiqladi.

Unda AQSHning tinchlik rejasi, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari va urushdan keyingi tiklanish loyihalari muhokama etilishi kutilmoqda. Bu orada Rossiya Yevropa Ittifoqi tizimlariga qarshi huquqiy da’volar kiritayotgan bir paytda, Yevropa davlatlari Ukrainaga barqaror kreditlar taqdim etish uchun Rossiya aktivlarini muzlatish jarayonini davom ettirishga tayyor.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026