Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Qora dengizda neft to‘kilishi 688 delfinni o‘ldirdi

Dunyo
26
Qora dengizda neft to‘kilishi 688 delfinni o‘ldirdi
Qora dengizda yuzlab delfinlar nobud bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlarida yuzlab delfinlar jasadi topilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu ekologik falokatning asosiy sababi neft to‘kilishi bo‘lgan.

Hisobotlarga ko‘ra, neft to‘kilishi oqibatida 688 ta delfin nobud bo‘lgan. Delfinlar o‘limi ayniqsa neft to‘kilishidan keyingi dastlabki oyda keskin ko‘paygan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ekologik muammo uzoq muddat davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, neftning suvga to‘kilishi natijasida toksinlar organizmlarda to‘planib, turli kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.

Bu esa delfinlar va boshqa dengiz hayvonlarining o‘lim darajasini oshiradi, shuningdek, ularning ko‘payishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘lim holatlari ayniqsa oktyabr oxiri va noyabr oylarida, kit va delfinlarning quruqlikka chiqish davrida ko‘proq kuzatilgan.

2024-yil 15-dekabr kuni “Volgoneft-212” va “Volgoneft-239” tankerlari Kerch bo‘g‘ozida bo‘ron sababli halokatga uchragan. Ushbu tankerlar jami 9,2 ming tonna qora neft tashigan bo‘lib, ulardan 2,4 ming tonnasi suvga to‘kilgan.

Ushbu holat Rossiyada katta ekologik falokat sifatida baholanib, favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Rossiya Tabiiy resurslar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qora neft bilan ifloslangan Anapa plyajlarini to‘liq tiklash ishlari 2026-yil yozigacha davom etadi.

Mutaxassislar bu hududda ekologik muhitni tiklash uchun ko‘p vaqt va sa’y-harakat talab etilishini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026