ENRU

Electronic Arts 55 milliard dollarga xususiylashtirildi

Dunyo
75
Electronic Arts 55 milliard dollarga xususiylashtirildi
Saudiya Arabistonidan kelgan sarmoyadorlar konsorsiumi va AQShning yirik xususiy investitsiya fondlari dunyoga mashhur videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi Electronic Arts (EA) kompaniyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, investorlar orasida AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ham bor.

Bitim kompaniya aksiyadorlari tomonidan ma’qullangan bo‘lib, uning umumiy qiymati 55 milliard dollarga teng. Ushbu kelishuv so‘nggi yillardagi eng yirik texnologik bitimlardan biri sifatida baholanmoqda.

Bloombergning ta’kidlashicha, EA kompaniyasining xususiylashtirilishi korxona uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda ishlab chiquvchilar davlat bozorlari oldida hisobot berish majburiyatidan ozod bo‘ladi va o‘z e’tiborini o‘yin sifatini oshirish, ijodiy erkinlikni kengaytirish hamda uzoq muddatli loyihalarga qaratishi mumkin.

Electronic Arts 1982 yilda AQShda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyodagi eng yirik videoo‘yin nashriyotchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya FIFA / EA Sports FC, The Sims, Battlefield va Apex Legends kabi o‘yin seriyalari orqali millionlab muxlislarning e’tiborini qozongan.

Shuningdek, EA Need for Speed, Command & Conquer va Strike kabi mashhur o‘yinlarni ham taqdim etgan. Kompaniya sport simulyatorlari, yuqori darajadagi (AAA) loyihalar va uzoq muddatli onlayn xizmatlar sohasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu bitim EA kompaniyasining strategiyasini yanada takomillashtirishga va bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50