Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Coral Adventurer kemasi qoyalarga urildi, zarar yo‘q.

Dunyo
33
Coral Adventurer kemasi qoyalarga urildi, zarar yo‘q.
Papua Yangi Gvineya sohilida Coral Adventurer nomli sayohat kemasi qoyalarga urildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa kemaning oktyabr oyida yo‘lovchini orolda qoldirib ketganidan keyin amalga oshirgan birinchi safarida sodir bo‘ldi. Kema vakillarining ma’lum qilishicha, barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari xavfsiz holatda.

Dastlabki tekshiruvlar natijasida kemaga jiddiy zarar yetmaganligi aniqlangan. Batafsil tekshiruvlar esa yakshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avstraliya Dengiz xavfsizligi agentligi (AMSA) vakili, kema tomonidan favqulodda yordam chaqiruvi berilmaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ular vaziyatni kuzatayotganliklarini va zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, Papua Yangi Gvineya hukumatiga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kema oktyabr oyida Lizard orolida 80 yoshli Suzanne Reesni qoldirib ketgani uchun tekshiruv ostida bo‘lgan. Ushbu hodisadan so‘ng kema safarining qolgan qismi bekor qilingan va yo‘lovchilarga to‘liq tovon puli qaytarilgan edi.

Hozirgi safarning yakuni bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026