Bugun
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi, sog‘lig‘i barqaror

Dunyo
73
Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi, sog‘lig‘i barqaror
Sobiq jahon chempioni, britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xalqaro ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, voqea 29-dekabr kuni Ogun shtati hududidan o‘tuvchi Lagos–Ibadan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Joshua o‘tirgan avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Ushbu hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda hodisaning sabablari o‘rganilmoqda, tegishli idoralar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Bokschining o‘zi bu voqea natijasida yengil tan jarohatlari olgan. U ehtiyotkorlik yuzasidan shifoxonaga yetkazilib, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, sportchining hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Joshuaning vakillari ham uning holati barqaror ekanini va u shifokorlar nazorati ostida ekanini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Joshua so‘nggi kunlarda shaxsiy tashrif bilan Nigeriyada bo‘lib turgan. Bokschi o‘zining oilaviy ildizlari bog‘liq bo‘lgan ushbu mamlakatga tez-tez tashrif buyurib turadi.

Hozircha voqeaning kelib chiqish sabablari va ehtimoliy huquqiy oqibatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi. Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua Buyuk Britaniyaning eng mashhur professional bokschilaridan biridir.

U 1989-yil 15-oktyabrda Uotford shahrida tug‘ilgan. 2012-yilda London Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Faoliyati davomida WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonlariga ega chiqqan. 2025-yilda bir yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan Joshua 19-dekabr kuni Jeyk Polni oltinchi raundda nokaut bilan mag‘lub etgan edi.

Hozirda sportchining muxlislari uning sog‘lig‘i joyida ekanidan va faoliyatini davom ettirishiga hech qanday to‘siq yo‘qligidan xotirjam.

O‘xshash yangiliklar

Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoBugun, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan sud arizalari hajmi keskin oshib, adliya tizimi uchun katta muammo yaratmoqda. Murojaatchilar ChatGPT kabi
DunyoKecha, 23:16