Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Germaniyada bankdan 100 million yevro o‘g‘irlandi

Dunyo
18
Germaniyada bankdan 100 million yevro o‘g‘irlandi
Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida joylashgan Sparkasse banki filialida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik mamlakat tarixidagi eng yirik jinoyatlardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jinoyatchilar bankdan 100 million yevrodan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda 2-yanvar kuni nemis matbuoti Bild gazetasi xabar berdi.

Dastlab zarar miqdori 10 milliondan 90 million yevrogacha baholangan edi. Keyinchalik bu summa yanada yuqori bo‘lgani aniqlandi.

Bild xabariga ko‘ra, bankda 3250 ta maxsus saqlash yacheykasi mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning 90 foizi o‘g‘rilar tomonidan buzib ochilgan. Har bir yacheyka o‘rtacha 10 300 yevro miqdorida sug‘urtalangan edi.

Jinoyatchilar bank omboriga kirish uchun yacheykalar joylashgan xonaga tutash avtoturargoh devorini teshib o‘tgan. 29-dekabr kuni bank binosi oldida yig‘ilgan mijozlar o‘z noroziliklarini bildirishdi.

Ularning aksariyati sug‘urta qoplaydigan mablag‘ yo‘qotilgan pullarning faqat bir qismini qoplashini ta’kidlashdi. Hozirga qadar jinoyatchilar qo‘lga olinmagan.

Tergov ishlari davom etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Germaniyaning boshqa hududlarida, xususan, Galle va Bonn shaharlaridagi banklarda ham shunga o‘xshash o‘g‘irliklar sodir bo‘lgan.

Jinoyatchilarning bu kabi o‘g‘riliklarni rejalashtirib amalga oshirgani huquq-tartibot organlari e’tiborini kuchaytirdi. Ushbu hodisalar Germaniya jamiyatida katta shov-shuvga sabab bo‘lib, bank xavfsizligi va sug‘urta tizimiga oid savollarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12