Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSh Grenlandiyani sotib olishni yana muhokama qilmoqda

Dunyo
20
AQSh Grenlandiyani sotib olishni yana muhokama qilmoqda
AQSh Grenlandiyani sotib olish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio ushbu masala bo‘yicha Kongress a’zolariga yopiq brifing o‘tkazgan. Bu haqda kursiv.uz ma’lumot berdi.

Mazkur xabar Donald Trampning Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish haqidagi takliflari yana muhokama qilinayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitning ma’lum qilishicha, prezident va uning jamoasi bu maqsadga erishish uchun turli yo‘llarni ko‘rib chiqmoqda.

Hatto zarur bo‘lsa, qurolli kuchlardan foydalanish ehtimoli ham istisno etilmaydi. Donald Tramp prezidentlik davrida Grenlandiyani sotib olish taklifini bir necha bor ilgari surgan edi.

Hozir esa u ushbu hudud AQSh tarkibiga qo‘shilishi kerakligini qat’iy ta’kidlamoqda. Trampga yaqin senator Lindsi Grem esa bu masala asosan muzokaralar orqali hal qilinishini aytmoqda.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan so‘rovlar Grenlandiya aholisining aksariyati AQSh tarkibiga qo‘shilish g‘oyasiga qarshi ekanini ko‘rsatmoqda. NATOga a’zo ayrim davlatlar esa ogohlantirish bermoqda: agar AQSh bu masalada kuch ishlatishga urinadigan bo‘lsa, bu Yevropa va AQSh o‘rtasidagi ko‘p yillik ittifoqqa zarar yetkazishi mumkin.

Tarixga nazar tashlasak, AQSh avval turli hududlarni Fransiya, Rossiya va Daniyadan sotib olgan. Xususan, Daniya 1917 yilda Virjin orollarini AQShga 25 million dollarga sotgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29