Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari 350 ming gektarni vayron qildi

Dunyo
18
Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari 350 ming gektarni vayron qildi
Avstraliyaning janubi-sharqiy hududlarida davom etayotgan kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida inson qoldiqlari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viktoriya shtati politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qoldiqlar Longvud shaharchasi yaqinidagi avtomobil yonidan aniqlangan. Hozircha marhum shaxsning shaxsi aniqlanmagan, bu borada tergov ishlari olib borilmoqda.

So‘nggi kunlarda davom etayotgan yong‘inlar jazirama issiq va quruq ob-havo sababli tez tarqalmoqda. Viktoriya shtatida 350 ming gektardan ortiq yer maydoni yonib ketdi.

300 dan ziyod uy va boshqa inshootlar zarar ko‘rdi. Minglab xonadonlar elektr energiyasidan uzilib qolgan.

Rasmiylar ushbu yong‘inlarni 2019–2020 yillardagi “Qora yoz” voqealaridan keyingi eng yirik tabiiy ofatlardan biri sifatida baholamoqda. Ayni paytda shtat bo‘ylab 30 dan ortiq yong‘in faol holatda.

Yong‘in tutuni Melburn shahrini ham qamrab olib, havo sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese yong‘indan zarar ko‘rgan aholiga va fermerlarga moliyaviy yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi.

Minglab o‘t o‘chiruvchilar va o‘nlab samolyotlar yong‘inlarni o‘chirish ishlariga jalb etilgan. Rasmiylar aholiga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026