Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Eron havo hududi yopildi, reyslar ortga qaytdi

Dunyo
50
Eron havo hududi yopildi, reyslar ortga qaytdi
Eron havo hududi vaqtincha yopilgani sababli O‘zbekiston bilan bog‘liq bir qancha aviaqatnovlar rejasini davom ettira olmay, jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jumladan, Madina–Toshkent (7Q7742) va Madina–Farg‘ona (7Q4442) reyslari Madina aeroportiga qaytgan. Toshkent–Quvayt (J9650) reysi esa parvozni boshlaganidan so‘ng Toshkentga qaytib qo‘ngan.

Shuningdek, Samarqand–Jidda (9S3303) reysi Samarqandga, Urganch–Madina (2U7911) reysi Urganchga qaytgan, Jidda–Toshkent (HY336) reysi esa Jidda aeroportiga ortga burilgan. Reuters va Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, Eron havo hududida vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani sababli ko‘plab xalqaro reyslar yo‘nalishini o‘zgartirishga yoki kechikishga majbur bo‘lgan.

Keyinchalik mazkur havo hududi yana ochilgani haqida xabar berilgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislar vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Yo‘lovchilarga aviakompaniyalar va aeroportlarning rasmiy ma’lumotlarini kuzatib borish tavsiya qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12