Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tramp o‘zga sayyoraliklar haqida tarixiy bayonot beradimi?

Dunyo
38
Tramp o‘zga sayyoraliklar haqida tarixiy bayonot beradimi?
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning insoniyat va o‘zga sayyoraliklar o‘rtasidagi aloqalar haqida tarixiy bayonot berishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda hujjatli filmlar rejissyori Mark Kristofer Li ma’lum qilgan. U Tramp ma’muriyatiga yaqin manbaga tayanib, ushbu bayonotning “tarixdagi eng muhim” bo‘lishini ta’kidlagan.

Xabar Daily Star nashrida e’lon qilingan. Lining so‘zlariga ko‘ra, Tramp oldindan maxsus chiqish matnini tayyorlab qo‘ygan.

Insayderning fikricha, bayonot e’lon qilingach, insoniyat hayoti tubdan o‘zgarishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar oddiy taxmin yoki qo‘rqitish emas, balki haqiqat sifatida qabul qilinishi kutilmoqda.

Bayonot uchun belgilangan sana ham diqqatga sazovor. Manbaga ko‘ra, bu kun tasodifiy tanlanmagan va 2026 yil 8 iyul sanasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu sana AQShda futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan vaqt bilan bog‘liq. Shuningdek, bu kun Rozuell voqeasi bilan ham aloqador.

1947 yilning aynan shu kunida Nyu-Meksiko shtati Rozuell shahri yaqinida AQSh armiyasi “uchar disk” topilgani haqida rasmiy bayonot bergan edi. Keyinchalik bu bayonot o‘zgartirilib, voqea balandlik aerostatiga oid bo‘lgan, degan izoh berilgan.

Rozwell voqeasi yillar davomida ko‘plab munozaralar va fitna nazariyalariga sabab bo‘lib kelgan. Ayrim manbalar Tramp aynan shu tarixiy sanada katta bayonot bilan chiqib, dunyo kun tartibini o‘zgartirishni maqsad qilganini iddao qilmoqda.

Ammo bu xabarlar hozircha rasmiy tasdiq olmagan. Shunga qaramay, 8 iyul sanasi yaqinlashgan sari mazkur mavzuga bo‘lgan qiziqish va munozaralar tobora ortib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12