Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Chilida o‘rmon yong‘inlari 19 kishini hayotdan olib ketdi

Dunyo
26
Chilida o‘rmon yong‘inlari 19 kishini hayotdan olib ketdi
Chilining markaziy va janubiy hududlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yong‘inlar kuchli issiqlik va shamol tufayli tez tarqalmoqda. Hukumat xavfli hududlarda yashovchi aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Mamlakat bo‘ylab 23 ta faol yong‘in qayd etilgan bo‘lib, eng yirik yong‘inlar Ñuble va Bio-Bio hududlarida ro‘y bermoqda. Ushbu hududlarda favqulodda holat e’lon qilingan.

Ba’zi yong‘inlar aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashib, uy-joylarga jiddiy zarar yetkazgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kungacha 20 ming gektardan ortiq maydon yonib ketgan.

Ayniqsa, Konsepsion shahri yaqinidagi yong‘in eng katta deb baholanmoqda. Bir necha shaharchalar aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, havo harorati yaqin kunlarda yanada ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu esa yangi xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Rasmiylar aholidan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda. Yong‘inlarni nazoratga olish uchun barcha kuchlar safarbar etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12