Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Reding qamoqxonasi ijodkorlar maskaniga aylantiriladi

Dunyo
21
Reding qamoqxonasi ijodkorlar maskaniga aylantiriladi
Angliyaning Reding shahridagi sobiq qamoqxona Ziran Educational Foundation fondi tomonidan sotib olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu bino 1895–1897 yillarda mashhur yozuvchi Oskar Uayld jazo muddatini o‘tagan joy sifatida tarixda qoldi. Hozirgi kunda mazkur bino ijodkorlar uchun xavfsiz makonga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.

Fond vakillari bu yerda san’at markazi va kichik mehmonxona tashkil qilishni maqsad qilgan. Ushbu loyiha ijodkorlar, xususan, ta’qib va bosimga uchrayotgan san’at ahli uchun qo‘llab-quvvatlovchi maskan bo‘lishi nazarda tutilgan.

Yaqin kelajakda fond rekonstruksiya loyihasining batafsil rejasini taqdim etadi. Qayta qurish jarayonida qamoqxonaning eski kameralarini ko‘rgazma zallari va ijodiy studiyalarga aylantirish mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, bino arxitekturasi viktorian davriga xos tarixiy qiyofasini saqlab qoladi, biroq zamonaviy san’at elementlari bilan uyg‘unlashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, Oskar Uayldning ushbu qamoqxonadagi hayoti uning mashhur «Reding qamoqxonasi balladasi» asarini yaratishga turtki bo‘lgan.

Mazkur loyiha qamoqxonaning og‘ir tarixini yangi san’at maskaniga aylantirish orqali yangi hayot bag‘ishlashni ko‘zda tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12