Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Niderlandiyada skottish va sfinks mushuklari taqiqlandi

Dunyo
16
Niderlandiyada skottish va sfinks mushuklari taqiqlandi
Niderlandiyada Scottish Fold (skottish) va sfinks zotli mushuklarni ko‘paytirish, sotish yoki mamlakatga olib kirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "The Nation" xabar berdi. Ushbu qaror mazkur zotlarning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy genetik muammolar sabab qabul qilingan.

Qayd etilishicha, bu choralar hayvonlarning farovonligini oshirishga qaratilgan kengroq siyosatning bir qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, skottish mushuklarining qayrilgan quloq shakli genetik mutatsiya natijasi bo‘lib, bu tog‘ay va bo‘g‘imlarda turli nuqsonlarni keltirib chiqaradi.

Natijada mushuklarda artrit, doimiy og‘riq, shuningdek, dum va umurtqa bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Sfinks zotidagi mushuklarda esa junning yo‘qligi ularning tana haroratini me’yorida saqlashni qiyinlashtiradi.

Bu esa teri kasalliklari va infeksiyalarga moyillikni oshiradi. Mazkur qarorni Niderlandiya veterinarlari assotsiatsiyasi hamda Yevropa veterinariya shifokorlari uyushmasi qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, bu zotdagi mushuklarni har qanday tanlov yoki ko‘rgazmalarda namoyish qilish taqiqlangan, istisno holatlar ko‘zda tutilmagan. Qoidalarni buzgan shaxslar 1500 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.

Bundan tashqari, chiplangan mushuklar o‘z egasining qaramog‘ida umrining oxirigacha qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026