Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Moskvadagi terakt ishi bo‘yicha Qurbonovga umrbod qamoq jazosi berildi

Dunyo
16
Moskvadagi terakt ishi bo‘yicha Qurbonovga umrbod qamoq jazosi berildi
Moskvadagi harbiy sud Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning halok bo‘lishi bilan bog‘liq terakt ishi yuzasidan Ahmadjon Qurbonovga umrbod qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Qurbonov dastlabki 10 yilni qamoqxona sharoitida, qolgan muddatni esa maxsus tartibli koloniyada o‘taydi. Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima ham belgilangan.

Tergov xulosasida Qurbonov teraktning bevosita ijrochisi sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur ish bo‘yicha yana uch nafar shaxsga ham hukm chiqarildi.

Botuxon Tochiyev 22 yil, Ramazon Padiyev 18 yil, Robert Safaryan esa 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qurbonov sudda aybini to‘liq tan olgan va pushaymonligini bildirgan.

Safaryan aybni qisman tan olgan bo‘lsa, Padiyev va Tochiyev ayblovlarni rad etgan. Tergov materiallariga ko‘ra, 2024 yilning 17 dekabr kuni ertalab Moskvada general yashagan uy yonida joylashtirilgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Qurilma elektrosamokat ichiga joylashtirilgan bo‘lib, portlash natijasida Igor Kirillov va Ilya Polikarpov halok bo‘lgan. Qurbonov voqeadan bir necha soat o‘tib qo‘lga olingan.

U so‘roq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, jinoyat uchun 100 ming dollar va Yevropaga chiqib ketish imkoniyati va’da qilinganini aytgan. Tergovga ko‘ra, Tochiyev va Padiyev Qurbonov uchun Moskva viloyatidagi xosteldan xona ijaralab bergan va u teraktdan keyin o‘sha yerda yashirinishni rejalashtirgan.

Ushbu ish Rossiyada yuqori lavozimli harbiy amaldorlarning o‘limi bilan bog‘liq eng katta e’tibor qozongan jinoyat ishlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Endilikda ish bo‘yicha apellyatsiya jarayonlari bo‘ladimi-yo‘qmi, yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026