Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tramp Grenlandiya masalasi sabab savdo bojini bekor qildi

Dunyo
19
Tramp Grenlandiya masalasi sabab savdo bojini bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya bilan bog‘liq vaziyat sabab Yevropa davlatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror Davos shahrida o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilindi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Grenlandiya va butun Arktika mintaqasida kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha umumiy yondashuv va kelishuv asoslarini ishlab chiqishga erishgan.

U shuningdek, bu qaror Qo‘shma Shtatlar va NATOga a’zo mamlakatlar uchun ijobiy natijalar keltirishini ta’kidladi. Shu sabab, 1-fevraldan kuchga kirishi rejalashtirilgan savdo bojlarini bekor qilishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp fevral oyidan boshlab Daniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Finlyandiyadan AQShga olib kiriladigan mahsulotlarga 10 foizlik savdo boji joriy etilishi mumkinligini bildirgan edi. Bu qaror esa Grenlandiya masalasidagi muzokaralar natijasida bekor qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026