Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Rossiya Ukrainaga ommaviy havo hujumi uyushtirdi

Dunyo
12
Rossiya Ukrainaga ommaviy havo hujumi uyushtirdi
Rossiya qo‘shinlari 21-yanvar kechasi Ukrainaga ommaviy havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Qrimdan “Iskander-M” ballistik raketasi uchirilgan, shuningdek, jami 97 ta dron, jumladan, Shahed va boshqa turdagi hujumkor dronlar ishlatilgan. Dronlar Kursk, Oryol, Rostov, Krasnodar, Qrim va Rossiya egallab olgan Donetsk hududlaridan uchirilgan.

Ukraina havo mudofaasi 84 ta dronni urib tushirgan yoki faoliyatini bostirgan. Ballistik raketa va 13 ta dron mamlakatning 11 hududiga zarar yetkazgan, yana bir joyda urib tushirilgan dron parchalari qulagan.

Hujumlar 21-yanvar kuni ertalab va kunduz davomida ham davom etgani ma’lum qilingan. Ukraina Energetika vazirligiga ko‘ra, zarbalar natijasida Dnipropetrovsk, Odessa, Zaporijjya va Xarkiv viloyatlarida elektr ta’minoti qisman uzilgan.

Kiyev va viloyatda esa sovuq ob-havo sabab yuklama ortib, elektr uzilishlari davom etmoqda. Vazirlik ta’mirlash brigadalari va boshqa viloyatlardan jalb qilingan avariya guruhlari uzluksiz ishlayotganini bildirgan.

Prezident Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda 4000 ta uy isitishsiz, binolarning 60 foizi elektrsiz qolgan. Eng og‘ir vaziyat Xarkiv, Sumi, Chernixiv va Dnipropetrovsk hududlarida kuzatilmoqda.

Odessa viloyatida esa bir fuqaro yaralangan, xususiy uy-joylar va sanoat infratuzilmasiga zarar yetgan. Havo hujumlariga qaramay, Ukraina havo mudofaasi faol ishlayotgani, ta’mirlash ishlari davom etayotgani va tizimni tiklash choralari ko‘rilayotgani ta’kidlanmoqda.

Vaziyat murakkab, biroq tizim butunlay izdan chiqqani yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12