Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Chimkentdagi qotillik: politsiya sustkashligi tanqid qilindi

Dunyo
22
Chimkentdagi qotillik: politsiya sustkashligi tanqid qilindi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida sodir bo‘lgan mudhish qotillik butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

11-yanvar kuni shaharda istiqomat qiluvchi Nuroy Serikboy ismli qiz o‘ldirildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning tanasida bir nechta pichoq jarohatlari aniqlangan.

Mazkur jinoyatda 28 yoshli Sherxon Aymaxon gumon qilinmoqda. U ikki kundan so‘ng shahardan bir necha kilometr uzoqlikda qo‘lga olingan.

Hodisa jamoatchilikda keng muhokama va norozilik uyg‘otdi. Qozog‘iston parlamenti deputati Murat Abenovning ta’kidlashicha, politsiya qizning ota-onasi bergan murojaatlarga o‘z vaqtida e’tibor berganida, ushbu fojia oldini olish mumkin edi.

Deputatning aytishicha, gumonlanuvchi qizni olti oy davomida ta’qib qilgan, uni o‘g‘irlashga uringan, ammo politsiya tomonidan zarur choralar ko‘rilmagan. Ushbu voqea davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev e’tiboriga tushdi.

Prezident Ichki ishlar vazirligiga Chimkent politsiyasining xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan o‘rganishni topshirdi. Natijada Chimkent shahar IIB rahbari va uning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, arizalarni ko‘rib chiqishda sustkashlik qilgan mas’ullarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qozog‘istonda yaqinda nikohga majburlash va kelin o‘g‘irlash bo‘yicha qonunlar kuchaytirildi.

Endilikda bunday jinoyatlar uchun qattiq jazo belgilangan. Ammo Nuroy Serikboy bilan bog‘liq voqea shuni ko‘rsatdiki, qonunlarning mavjudligi yetarli emas.

Eng muhim omil — murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish va xavfni oldini olishdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026