Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Dunyo
23
O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytiradi
21-yanvar kuni Anqarada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Munira Aminova Turkiyaning Xorijdagi turklar va qardosh jamoalar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdulhadi Turus bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va madaniy almashinuv sohasidagi mavjud hamkorlik holatini tahlil qilib, uni kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni muhokama qildi. Yig‘ilishda YTB stipendiya dasturlari natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilda ushbu dasturlar doirasida O‘zbekistonning 228 nafar fuqarosi qabul qilingan bo‘lib, hozirda 136 nafar talaba o‘qishni davom ettirmoqda. YTB dasturlari orqali jami 3 200 nafardan ortiq bitiruvchi ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Ular bilan aloqani mustahkamlash maqsadida maxsus portal tashkil etilgan. Uchrashuvda “Madaniy turk” ensiklopediyasi, Zangturon tashabbusi, zargarlik sohasi hamda shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha o‘quv dasturlari muhokama qilindi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik, yosh diplomatlar uchun treninglar hamda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga oid yangi loyihalar taklif etildi. Tomonlar yakunda ta’lim va malaka oshirish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ular yuqori malakali kadrlar tayyorlash va professional almashinuvlarni kengaytirishda qo‘shma sa’y-harakatlarning muhimligini alohida ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12