Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Hindistonda «Nipax» virusi birinchi o‘limga sabab bo‘ldi

Dunyo
16
Hindistonda «Nipax» virusi birinchi o‘limga sabab bo‘ldi
Hindistonda xavfli «Nipax» virusi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kalkutta shahrida yashovchi bir ayolning sog‘ligi yomonlashgan, u shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, hayotdan ko‘z yumgan. Ushbu holat ortidan mamlakatda virusning tarqalishini oldini olish maqsadida favqulodda choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, yuzlab fuqarolar karantinga olingan, tibbiy nazorat kuchaytirilgan va virus bilan aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda. Shuningdek, Hindistondan tashqarida ham ehtiyot choralar ko‘rilmoqda.

Masalan, Tailand hukumati Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni aeroportlarda qat’iy sanitariya nazoratidan o‘tkazmoqda. Yo‘lovchilar virusga xos alomatlar bo‘yicha tekshirilib, zarur hollarda tibbiy kuzatuvga olinmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Nipax» virusi jiddiy xavf tug‘diradi. Shuning uchun barcha fuqarolar shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishi, odamlar bilan keraksiz muloqotlardan saqlanishi va zarurat tug‘ilganda tibbiy yordamga murojaat qilishi lozim.

Mutasaddilar vaziyatni nazorat qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12