Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

AQSh aviatashuvchisi Yaqin Sharqda: Mashg‘ulotmi yoki bosim?

Dunyo
15
AQSh aviatashuvchisi Yaqin Sharqda: Mashg‘ulotmi yoki bosim?
AQSh harbiy-dengiz kuchlariga tegishli "Abraxam Linkoln" aviazarba guruhi Yaqin Sharq hududiga yetib kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aviatashuvchi kemalar va ularni kuzatib kelayotgan boshqa harbiy kemalar Eron atrofidagi ehtimoliy ssenariylar doirasida o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, hududda havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha tizimlar, jumladan, THAAD kabi zamonaviy komplekslar ham yaqin kunlarda yetkazib kelinishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor.

AQSh rasmiylari bu borada havo mudofaasi salohiyatini oshirish masalasini muhokama qilayotganini ham ta’kidlashgan. "Abraxam Linkoln" atom aviatashuvchisi 1989-yilda xizmatga kirgan va "Nimis" toifasiga mansub.

Uning uzunligi 332,8 metrni tashkil etadi. Kema ikki yadroviy reaktor yordamida harakatlanadi va uning quvvati 260 000 ot kuchiga teng.

Maksimal tezligi esa 30 uzeldan yuqori. Ushbu aviatashuvchida 5 000 dan ortiq ekipaj a’zosi xizmat qiladi va u 90 tagacha samolyot hamda vertolyotni tashish imkoniyatiga ega.

Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda kemaning "suv sig‘imi 880 ming tonna" degan ma’lumotlar uchraydi. Aslida esa ochiq manbalarda uning dislokatsiyasi 104 ming long ton yoki taxminan 100 ming tonna atrofida ekanligi qayd etilgan.

Bu kabi raqamlar ba’zan "shov-shuv" uchun ortiqcha oshirilgan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, Yaqin Sharqqa yana bir yirik harbiy resursning kirib kelishi mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Bu kuch namoyishi muzokaralar uchun bosimmi yoki yangi voqealar uchun boshlang‘ich signalmi, buni yaqin kunlar ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12