Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Fil rossiyalik sayyohlar mashinasiga hujum qildi

Dunyo
19
Fil rossiyalik sayyohlar mashinasiga hujum qildi
Rossiyalik sayyohlar Shri-Lankada ta’til paytida xavfli holatga duch kelishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ularning ijaraga olingan avtomobiliga fil hujum qildi. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, sayyohlar xavfsizligi masalasi yana ko‘tarildi.

Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik oila farzandi va do‘stlari bilan birga Shri-Lankadagi milliy bog‘lardan biriga sayohat qilayotgan edi. Yo‘lning bir qismida ular katta Shri-Lanka fili bilan to‘qnash kelgan.

Hayvon yo‘l o‘rtasida paydo bo‘lib, mashina harakatini to‘xtatib qo‘ygan. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, fillar odatda sayyohlardan shirinlik yoki meva olish maqsadida mashinalarni to‘xtatadi.

Shirinlik olgach, ular mashinalarni o‘tkazib yuboradi. Rossiyalik ayollardan biri filga meva bergan, biroq hayvon kutilmaganda tajovuz qila boshlagan.

U mashinani silkitib, eshigini uzib tashlagan va hatto avtomobilni ag‘darishga uringan. Vahimaga tushgan sayyohlar mashinadan chiqib, xavfli joydan tezda uzoqlashishga harakat qilishgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng fil tinchlangan va sayyohlar yo‘lni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Qaytishda esa ular uzilgan eshikni o‘zlari bilan olib ketishgan. Bu voqea ularga unutilmas xotira bo‘lib qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026