ENRU

Buyuk Britaniyada sil kasalligi 25 foizga oshdi

Dunyo
66
Buyuk Britaniyada sil kasalligi 25 foizga oshdi
Buyuk Britaniyada sil (tuberkulyoz) kasalligi bilan bog‘liq holat jiddiy tus olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Daily Express nashrining Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, 2022 yildan boshlab silga chalinganlar soni 25 foizga oshgan. So‘nggi yillarda kasallik dinamikasi quyidagicha: - 2024 yilda 5 480 ta holat qayd etilgan (eng yuqori ko‘rsatkich); - 2025 yilda esa 5 424 ta holat ro‘yxatga olingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayniqsa Angliyaning shimoli-sharqiy hududlarida vaziyat ancha xavotirli. Surrey universitetining bakteriologiya bo‘yicha eksperti Syuzi Xingli-Uilsonning fikriga ko‘ra, kasallik ko‘payishining asosiy sababi — tashxis qo‘yish va davolash jarayonining kechikishidir.

Inson kasallik alomatlarini sezganidan boshlab tibbiy yordamga murojaat qilguniga qadar o‘tgan vaqt uzoqlashgani infeksiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ekspertlar kasallikning avj olishini aholining turmush darajasi pasayishi bilan bog‘lashmoqda.

Jozef Rountri jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada qariyb 14,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan past darajada yashamoqda. Past turmush darajasi va nochorlik esa sil kabi ijtimoiy kasalliklarning keng tarqalishiga zamin yaratadi.

Bu holatlar sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy muammolarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor eslatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026