Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Dehlidagi yarmarkada attraksion qulashi oqibatida halokat yuz berdi

Dunyo
13
Dehlidagi yarmarkada attraksion qulashi oqibatida halokat yuz berdi
Hindistonning Dehli shahri yaqinida joylashgan yarmarkada attraksion qulashi bilan bog‘liq fojeali hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu noxush voqea oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 13 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Faridabad okrugi komissari Ayusha Sinxining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs politsiya inspektori bo‘lgan.

Attraksionning sinib tushgan qismi uning bosh va yuz sohasiga kelib tegishi natijasida og‘ir jarohatlar olgan. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, inspektorning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Hodisa ortidan jabrlanganlarga darhol tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda jarohat olganlarning ahvoli shifokorlar nazoratida bo‘lib, ularning sog‘lig‘i bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, attraksionni boshqargan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Voqea sabablari, texnik nosozliklar mavjudligi yoki boshqa omillar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar ushbu hodisa yuzasidan tezkor xulosalar chiqarib, xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026