ENRU

Polsha armiyasi 500 ming harbiyga yetkaziladi.

Dunyo
21
Polsha armiyasi 500 ming harbiyga yetkaziladi.
Polsha yaqin yillarda armiyasini 500 ming harbiygacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish generallar bilan o‘tkazilgan yillik yig‘ilishda ma’lum qildi. Ushbu rejalar Polshaning mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yarim millionlik armiya tuzish strategik vazifa hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun bir necha yil davomida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Yaqin kelajakda asosiy e’tibor jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan zaxira kuchlarini shakllantirishga qaratiladi. Shu maqsadda ayrim oliy o‘quv yurtlarida harbiy kafedralar qayta tashkil etiladi va umumiy harbiy tayyorgarlik dasturi joriy etiladi.

Hozirda Polsha Qurolli kuchlarida 218 ming nafar askar va ofitser xizmat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Polsha NATO davlatlari orasida AQSH va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Polsha hukumatining ushbu tashabbusi mamlakat xavfsizligini mustahkamlash va xalqaro maydonda o‘z pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13