Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSh hujumi Eron qishloqlarida suv ta’minotini uzdi

Dunyo
16
AQSh hujumi Eron qishloqlarida suv ta'minotini uzdi
AQShning Erondagi Qeshm orolidagi suvni tuzsizlantirish zavodiga hujumi natijasida 30 ta eronlik qishloqda suv ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xormozgon viloyati gubernatorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari ma’lum qilishicha, bu hodisa markaziy, Hara va Shahab tumanlaridagi qishloqlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Kechasi sodir bo‘lgan bu hujum suv infratuzilmasiga katta zarar yetkazdi va ko‘plab jamoalar suv ta’minotida muammolarni boshdan kechirmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu hujumni keskin qoraladi va uni huquqbuzarlik sifatida baholadi. U fuqarolik infratuzilmasini nishonga olish harakati jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Aroqchi, shuningdek, hujumning o‘nlab qishloqlarning suv bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Vashingtonni muhim davlat xizmatlarini nishonga olish orqali xavfli holatni yuzaga keltirishda aybladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026