Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

O‘rdak oshqozonidan topilgan oltin zarrachalari hayratga soldi

Dunyo
33
O'rdak oshqozonidan topilgan oltin zarrachalari hayratga soldi
Xitoyning Hunan provinsiyasida kutilmagan bir voqea ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Liu familiyasiga mansub bir erkak kechki ovqat uchun o‘zi parvarishlagan o‘rdakni so‘yib, uni tozalayotganida, oshqozon ichida yaltirab turgan zarrachalarni ko‘rdi. Keyinchalik, bu zarrachalar oddiy jismlar emas, balki qimmatli oltin zarrachalari bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.

Ularning qiymati taxminan 12 ming yuan, ya’ni qariyb 1740 dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Dastlab Liu bu narsalarni mayda tosh yoki metall bo‘laklari deb o‘yladi.

Lekin ularning yaltirashi shubha uyg‘otdi. Topilgan zarrachalarning umumiy og‘irligi qariyb 10 grammni tashkil etdi.

Erkak ularning haqiqiyligini tekshirish uchun olovda qizdirib ko‘rdi. Zarrachalar rangini o‘zgartirmagach, bu oltin bo‘lishi mumkin degan fikrga keldi.

Hozircha bu topilma rasman tasdiqlanmagan. Longhui hududidagi tabiiy resurslar idorasi mutaxassislari qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishi kerakligini bildirdi.

Voqea qiziqarli bo‘lsa-da, rasmiy xulosa chiqarish uchun yana tadqiqotlar zarur. Shunday bo‘lsa-da, “o‘rdakdan oltin chiqdi” degan gap ko‘pchilik orasida sensatsiya bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar bu holatni g‘ayritabiiy deb hisoblamayapti, chunki Hunan mineral boyliklari bilan mashhur hududlardan biridir. Atrofdagi daryo cho‘kindilarida tabiiy oltin zarrachalari uchrashi mumkinligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, 2024 yilda Hunanning Pinjiang tumanida joylashgan Vangu koni atrofida katta oltin zaxiralari aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ehtimol, o‘rdak daryo bo‘ylarida ozuqa qidirib yurganida turli zarrachalar bilan birga oltin bo‘laklarini ham yutib yuborgan bo‘lishi mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan ular qushning oshqozonida to‘planib qolgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026