ENRU

AQSH aksilterror rahbari Yaqin Sharq siyosati sabab iste’foda

Dunyo
10
AQSH aksilterror rahbari Yaqin Sharq siyosati sabab iste’foda
AQSH Milliy aksilterror markazi rahbari Jo Kent lavozimidan iste’fo berishini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning aytishicha, bu qarorining asosi Yaqin Sharqda, xususan Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlar bilan bog‘liq. Jo Kent Donald Tramp ma’muriyatida terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlagan.

Uning nomzodi AQSH Senati tomonidan tasdiqlanib, 2024 yil iyulidan Milliy aksilterror markazi rahbari sifatida faoliyat boshlagan edi. Biroq u ijtimoiy tarmoqlarda prezidentga murojaat qilib, Erondagi urushni vijdonan qo‘llab-quvvatlay olmasligini bildirdi.

Kentning fikricha, Eron AQSH uchun bevosita tahdid emas. Amerika Eronga qarshi harakatlarni Isroil va uning AQSHdagi nufuzli lobbi bosimi ostida boshlagan.

Shu sababli u iste’foga chiqib, yangi avlodlarni urushlarda qurbon qilish siyosatini qo‘llab-quvvatlamaslikni ma’qul ko‘rdi. Shuningdek, uning shaxsiy hayoti ham bu qarorga ta’sir ko‘rsatgan.

Kentning rafiqasi Shennon Kent 2019 yilda Suriyada xudkush hujumida halok bo‘lgan. U, shuningdek, Isroilning yuqori martabali amaldorlari va nufuzli amerikalik jurnalistlar tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning Trampning “Amerika hamma narsadan ustun” siyosatiga zarar yetkazganini ham ta’kidladi.

Hozirgacha Donald Tramp bu iste’fo haqida rasman hech qanday fikr bildirmadi. Jo Kentning bu qadamlari AQSH siyosiy muhitida va jamoatchilik orasida katta e’tibor qozonmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026