ENRU

Eron neft eksportidan yuqori daromad olishda davom etmoqda

Dunyo
23
Eron neft eksportidan yuqori daromad olishda davom etmoqda
Eron neft eksportidan olinayotgan daromad hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Financial Times nashri o‘z manbalariga tayanib, bu haqida xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron kuniga taxminan 140 million dollar miqdorida neft sotish orqali daromad olmoqda.

Bu daromad mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim moliyaviy manba hisoblanadi. Nashrning ta’kidlashicha, urush boshlanganiga qaramay, Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft eksport qilishni to‘xtatmagan.

Ayni paytda kuniga o‘rtacha 1,5-1,6 million barrel neft tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. Tahlilchilar fikricha, bu holatda Amerika Qo‘shma Shtatlari ham ma’lum darajada manfaatdor bo‘lishi mumkin.

Chunki global neft bozorida taqchillik yuzaga kelmasligi uchun Vashington mazkur yuk tashishlarga amalda to‘sqinlik qilmayapti. Bu esa jahon bozorida narxlarni barqaror ushlab turishga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Eron neftining asosiy xaridori Xitoy hisoblanadi. Neft asosan shu mamlakatga yo‘naltirilmoqda.

Shu bilan birga, Isroil va Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan amalga oshirilayotgan zarbalarga qaramasdan, neft tashuvchi tankerlar Xarg orolida yuk ortish jarayonlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat qanchalik keskin bo‘lmasin, iqtisodiy manfaatlar va energetika bozori omillari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Bu esa mintaqadagi siyosiy vaziyatdan qat’i nazar, iqtisodiyot va energetika sohasining o‘zgarishlarga ta’sirchanligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026