ENRU

Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi

Dunyo
17
Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi
Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib Tehronda Isroil aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xatib Eronning eng nufuzli rahbarlaridan biri bo‘lib, marhum diniy rahbar Ali Xominayning yaqin safdoshi edi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Katsga tayanib, Times of Israel xabarlari tarqatdi.

Katsning so‘zlariga ko‘ra, zarba 18 martga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. U shunday dedi: “Eronga berilgan zarbalar intensivligi oshib bormoqda.

Shu kecha Eron razvedka vaziri Xatib o‘ldirildi”. Isroil mudofaa vaziri ta’kidlaganidek, u va mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa armiyasiga Eronning yuqori martabali arbobini qo‘shimcha tasdiqlarsiz yo‘q qilishga ruxsat bergan.

Hozircha Eron rasmiylari Xatibning o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, biroq rad ham etmadi. Ismoil Xatib 2021 yilda Eron razvedkasi rahbarligiga tayinlangan edi.

O‘tgan hafta AQSh Davlat Departamenti Eronning yuqori martabali mulozimlari haqida ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qilgan. Bu ro‘yxatda Mujtaba Xominay, Ali Larijoniy va Ismoil Xatibning ismlari bor edi.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Isroil aviazarbasi oqibatida Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy ham halok bo‘lgan. Larijoniy bilan birga uning o‘g‘li Murtazo va uning qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Alirizo Beyat ham qurbon bo‘lgan.

Shu kuni Isroil harbiylari “Basij” qo‘mondoni Ghulomrizo Sulaymoniyni ham yo‘q qilgan. Ali Larijoniy Eronda Ali Xominaydan keyin halok bo‘lgan eng yuqori martabali mulozim sifatida tarixda qoladi.

The New York Times yozishicha, AQSh va Isroil hujumi boshlanishidan oldin mamlakatda amaldagi hokimiyat aynan Ali Larijoniyning qo‘lida bo‘lgan. Yanvar oyida Ali Xominay unga namoyishlarni bostirish va urushga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026