ENRU

Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi

Dunyo
20
Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi
Tailandning mashhur sayohat joylaridan biri bo‘lgan Phuket orolida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi bir oilani chuqur qayg‘uga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

18 mart kuni sodir bo‘lgan ushbu fojia natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, shuningdek, yana bir necha yurtdoshlarimiz turli darajada jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Similan orollariga sayohat qilayotgan mikroavtobus yo‘l bo‘ylab harakatlanayotganda avariyaga uchragan.

Haydovchi transport vositasini boshqarishda xato qilib, mashina yo‘l chetidagi elektr ustuniga urilgan. Avtobusda jami 12 yo‘lovchi bo‘lgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan. Fojia oqibatida bir nafar o‘zbek fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, to‘rt nafar yurtdoshimiz jarohat olib, shifokor nazoratiga olingan. Bundan tashqari, transport vositasida bo‘lgan sakkiz nafar Rossiya fuqarosi ham jarohatlangan.

Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda deb baholangan. Jabrlanganlarning barchasi yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Hozirda Tailand huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. Ilk taxminlarga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi oldinda harakatlanayotgan yuk mashinasi keskin tormoz qilgani sababli nazoratni yo‘qotgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026