Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Nozima Kim o‘limi yuzasidan bayonot berdi

Dunyo
54
O'zbekistonning Seuldagi elchixonasi Nozima Kim o'limi yuzasidan bayonot berdi
Janubiy Koreyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi Nozima Kimning o‘limi bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli asossiz xabarlar ortidan mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi rasmiy bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayni paytda mazkur holat Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari tomonidan qat’iy nazorat ostida o‘rganilmoqda. Elchixonaning ma’lum qilishicha, fojia yuz bergan ilk kunlardanoq mahalliy politsiya bilan yaqin aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, tergov jarayonining har tomonlama xolis va shaffof o‘tkazilishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur ish doirasida marhumaning onasi Feruza Alimbekova Janubiy Koreyaga taklif etildi. U yerda jabrlanuvchi tomon vakili sifatida bir qator rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Xususan, Pyontek shahri politsiya mahkamasida advokatlar va diplomatik korpus vakillari ishtirokida maxsus muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda tergovning dastlabki xulosalari va amalga oshirilgan qo‘shimcha tekshiruvlar natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Koreya tomoni taqdim etgan rasmiy hujjatlarga ko‘ra, vafot etgan fuqaroning tanasida qotillik alomatlari aniqlanmagan. Sud-tibbiy ekspertizasi va chuqur tahlillarga tayanib, o‘lim holati ehtimoliy o‘z joniga qasd qilish sifatida baholangan.

Tekshiruvlar davomida olingan qon namunalari, barmoq izlari va DNK tahlillari marhumaning vujudida zaharlanish yoki tashqi tomondan bo‘lgan kuchli jismoniy tazyiq izlari yo‘qligini ko‘rsatgan. Shuningdek, voqea joyidagi videokuzatuv kameralari va tibbiy muassasalardagi tasvirlar marhumaning yaqinlariga to‘liq namoyish etilgan.

Politsiya vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim fotosuratlar rasmiy tergov hujjatlariga aloqador emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.

Hozirda tergov ishlari yakuniga yetmagan bo‘lib, O‘zbekiston elchixonasi vaziyatni muntazam kuzatib bormoqda. Mutasaddi idoralar fuqarolardan faqat rasmiy manbalarga tayanishni va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘rab qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026