Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Isroilda ikki davlat bayrog‘i tushirilgan kipa kiygan yozuvchi ushlandi

Dunyo
17
Isroilda ikki davlat bayrog'i tushirilgan kipa kiygan yozuvchi ushlandi
Isroilda ijtimoiy tarmoqlar va jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan g‘alati voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Joriy yilning 20-aprel kuni Tel-Aviv shahri yaqinida ustiga Isroil va Falastin bayroqlari tasviri tushirilgan kipa kiygan erkak politsiya xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda nufuzli xalqaro nashrlar xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 53 yoshli yozuvchi va Quddus yahudiy universiteti o‘qituvchisi Aleks Sinkler o‘zi istiqomat qiladigan Modiin shahridagi qahvaxonalardan birida kompyuterda ishlab o‘tirgan edi. Shu paytda uning yoniga bir dindor kishi kelib, boshidagi kipa amaldagi qonunlarga zid ekanini aytib, janjal ko‘targan va zudlik bilan tartib posbonlarini chaqirgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari Sinklerga uning bosh kiyimi musodara qilinishini aytishgan va yozuvchini bo‘limga olib ketishgan. Aleks Sinklerning so‘zlariga ko‘ra, politsiya mahkamasida u qattiq tintuv qilingan, bir muddat kamerada saqlangan va turli cheklovlarga duch kelgan.

Yozuvchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, dastlab politsiya xodimlari uning bosh kiyimini qaytarib berishdan bosh tortishgan. Keyinchalik kipa egasiga qaytarilgan, biroq undagi Falastin bayrog‘i tasvirlangan qismi kesib tashlangan edi.

Sinklerning fikricha, bu ishni politsiya xodimasi qasddan amalga oshirgan. Isroil qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda Falastin bayrog‘ini ommaviy ravishda ko‘rsatish to‘liq taqiqlanmagan.

Biroq vakolatli organlar agar bu holat jamoat tartibiga raxna soladi deb hisoblasa, bayroqni olib qo‘yish huquqiga ega. O‘tgan yili mamlakat milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir politsiyaga Falastin bayroqlarini olib tashlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Politsiya vakillari Sinkler ushlab turilganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, bosh kiyimning kesib tashlangani borasidagi da’volarga hozircha hech qanday rasmiy munosabat bildirmadi. Aleks Sinkler o‘z qarashlarini ochiq bayon qilib, o‘zini ham Isroil davlati tarafdori, ham inson huquqlari himoyachisi deb hisoblashini, falastinliklar ham o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

Yozuvchi ushbu hodisani keskin qoralab, politsiya ustidan rasmiy shikoyat kiritgan va ma’naviy zarar uchun tovon puli talab qilmoqda. Shuningdek, u o‘z e’tiqodi va qarashlarini o‘zgartirmasligini, kelgusida ham har ikki bayroq aks etgan kiyimlarni kiyishda davom etishini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026