Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Kruiz laynerida hantavirus tarqalishi oqibatida uch kishi vafot etdi

Dunyo
5
Kruiz laynerida hantavirus tarqalishi oqibatida uch kishi vafot etdi
2026-yil may oyi boshlarida Hondius kruiz laynerida hantavirus tarqalgani haqidagi xabarlar jahon jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Argentinadan Kabo-Verde tomon yo‘l olgan kemada virus sabab bir necha inson vafot etgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, laynerdagi 147 nafar yo‘lovchidan uch kishi — 69 yoshli gollandiyalik erkak, uning 70 yoshli turmush o‘rtog‘i hamda 69 yoshli britaniyalik fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Jami sakkiz kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, kema ekipaji va yo‘lovchilari to‘liq karantinga olingan. Ayni vaqtda kema Tenerife oroli porti tomon harakatlanmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sog‘lom yo‘lovchilar o‘z mamlakatlariga qaytariladi. Shu bilan birga, virus haqidagi xabarlar tarqalishidan avval 40 nafarga yaqin yo‘lovchi kemani tark etgani xavotirlarni yanada kuchaytirgan.

Hozirda kamida o‘nta davlat sog‘liqni saqlash idoralari ushbu shaxslarning salomatligini qat’iy nazorat ostiga olgan. 8-may kuni Isroilda ham hantavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi.

Oradan bir kun o‘tib, yana bir kruiz kemasida 110 nafardan ortiq inson kasallangani haqida xabarlar tarqaldi. Hantavirus qanday kasallik ekaniga to‘xtaladigan bo‘lsak, mutaxassislar uning 20 dan ortiq turi mavjudligini ta’kidlamoqda.

Ushbu viruslar asosan og‘ir nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Virusning asosiy tashuvchilari kemiruvchilar hisoblanadi.

Insonlarga kasallik asosan viruslangan hayvonlarning chiqindilari orqali yuqadi. Hantavirus o‘pka va buyrak faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Kasallik odatda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riq, ko‘ngil aynishi va kuchli charchoq bilan kechadi. Mutaxassislar virusga gumon qilinganda dastlabki alomatlar paydo bo‘lganidan 72 soat o‘tgach qayta tahlil topshirishni tavsiya qilmoqda.

Hozirgi kunda virusga qarshi maxsus dori vositasi mavjud emas, bemorlarga faqat qo‘llab-quvvatlovchi muolajalar ko‘rsatiladi. Hondius laynerida vafot etgan birinchi yo‘lovchi ham virusni kemiruvchilar orqali yuqtirgani taxmin qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, u Janubiy Amerikada hantavirus tashuvchi kemiruvchilar yashaydigan hududlarda sayohat qilgan. Ekspertlar Lotin Amerikasida uchraydigan Andes shtammi insondan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan yagona hantavirus turi ekanini aytishmoqda.

Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu holat juda kam uchrashi va virus yuqishi uchun uzoq vaqt davomida yaqin muloqotda bo‘lish talab etilishini bildirdi. Tashkilot hantavirus bilan bog‘liq vaziyatni ikkinchi pandemiya sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, hantaviruslar fanga anchadan buyon ma’lum va ular koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda turli vahimali xabarlar va eski bashoratlar qayta tarqalishi kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026